Kurs haqida
“Notiqlik san’ati. Ishonch bilan so‘zlashaman” — bu shunchaki omma oldida nutq so‘zlash kursi emas. Bu nutq madaniyati, samarali muloqot va ta’sir o‘tkazish ko‘nikmalarini rivojlantiradigan kompleks dastur bo‘lib, u fikrlaringizni aniq va ishonch bilan ifodalash, ishontirish, muzokara olib borish hamda har qanday vaziyatda odamlar bilan samarali muloqot qilishni o‘rgatadi.
Kurs omma oldida chiqadiganlar, muzokaralar olib boradiganlar, jamoani boshqaradiganlar yoki mijoz va hamkorlar bilan doimiy ishlaydiganlar uchun mo‘ljallangan.
Kurs davomida siz nutqni to‘g‘ri qurishni, ovoz va nafasni boshqarishni, omma oldida chiqish qo‘rquvini yengishni, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashni, improvizatsiya va argumentatsiya usullarini qo‘llashni hamda tinglovchilar e’tiborini ushlab turishni o‘rganasiz. Eng muhimi, fikrlaringizni boshqalar aniq tushunadigan va eslab qoladigan tarzda yetkazishni bilib olasiz.
Kurs kimlar uchun mo‘ljallangan?
- Tadbirkorlar
- Rahbarlar
- Ekspertlar va mutaxassislar
- Odamlar bilan ishlaydigan, kasbiy va shaxsiy rivojlanishga intilganlar
Nimalarni o‘rganasiz
- Ortiqcha hayajonsiz, ishonch bilan gapirish
- Fikrlarni aniq ifodalash va tartiblash
- Ovoz, nutq va tana tilini boshqarish
- Auditoriya oldida ishonch bilan chiqish
- Kutilmagan vaziyatda tez yo‘l topish
- O‘z nuqtayi nazarini asoslash
- Samarali muzokara olib borish
- Ishontirish va ilhomlantirish
O‘qitish shakli
Kurs nazariya va amaliyot uyg‘unligida tashkil etilgan. Har bir mashg‘ulot amaliy topshiriqlar, chiqishlar, tahlillar va individual fikr-mulohazalarni o‘z ichiga oladi. Shu sababli olingan bilim va ko‘nikmalar darhol real hayotdagi muloqotlarda qo‘llaniladi.
Kurs dasturi
Samarali muloqot asoslari
Kuchli nutq to‘g‘ri poydevordan boshlanadi. Ushbu blokda siz nutq texnikasi, nafas va ovoz bilan ishlash, talaffuzni yaxshilash hamda fikrlarni mantiqiy tartibda bayon qilishni o‘rganasiz.
Mavzular:
- Nutq texnikasi
- Nafas va ovoz bilan ishlash
- Aniq talaffuz
- Fikrning tuzilishi va mantiqi
O‘zingizga ishonch va omma oldida chiqish
Bu blok ichki ishonchni rivojlantirish va auditoriya bilan ishlash ko‘nikmalariga bag‘ishlangan. Siz sahna hayajonini yengishni, tana tilidan samarali foydalanishni va tinglovchilar bilan tez aloqa o‘rnatishni o‘rganasiz.
Amaliy mashqlar:
- “Bir fikr bir daqiqa”
- “To‘xtamasdan gapir”
- “Murakkab narsani sodda tushuntir”
- Sahnaga chiqish
- Tayyorgarliksiz chiqishlar
- Auditoriya e’tiborini ushlab turish
Improvizatsiya va nutq mantiqi
Bu kursning eng muhim qismi hisoblanadi. Aynan shu yerda siz tayyorgarliksiz tez fikrlash va ishonch bilan gapirishni o‘rganasiz. Ushbu ko‘nikmalar muzokaralar, intervyular, biznes uchrashuvlari va kutilmagan vaziyatlarda o‘zingizni erkin his qilishingizga yordam beradi.
Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Debatlar
- “Advokatlar va prokurorlar” mashqi
- O‘z fikrini himoya qilish
- “G‘oyani bir daqiqada sot” mashqi
- Tayyorgarliksiz improvizatsiya
- “Jamoa tuzing” guruh mashqi
Muzokaralar va ta’sir o‘tkazish
Yakuniy blok ishontirish san’ati va muzokaralar olib borishga bag‘ishlangan. Siz argumentatsiya usullarini, suhbatni boshqarishni, e’tirozlar bilan ishlashni va murakkab muzokaralarda ham o‘z pozitsiyangizni saqlab qolishni o‘rganasiz.
Amaliyot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Muzokara ssenariylari
- Nizoli vaziyatlarni tahlil qilish
- Bosim ostida ishlash
- O‘z pozitsiyasini himoya qilish usullari
O‘qituvchilar
